Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Qirg‘izistonga bordi

Bosh vazir Qirg‘izistonga bordi

Foto: gov.kg

O‘zbekiston hukumati rahbarini «Manas» aeroportida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Bakit Toroboyev kutib oldi.

25−26 oktyabr kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Mazkur yig‘ilishlarda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi ham ishtirok etadi.

Bishkekdagi tadbirlar doirasida ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring