Bosh prokuror o‘rinbosari yangi lavozimni egalladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentyabrdagi farmoni bilan Saidkarimov Saidlaziz Saidasilovich O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Saidlaziz Saidkarimov 1982-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
2002-yil O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
S.Saidkarimov 2002-2009-yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tizimida turli vazifalarda ishlagan.
2009-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2018-yil fevraldan tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Bahodir Turabov tayinlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter