Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar majburiy qayta tayyorlovdan o‘tadi

Bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar majburiy qayta tayyorlovdan o‘tadi

foto: xabar.uz

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–755-son, 18.02.2022 y.) bilan «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.

Shunga ko‘ra, bojxona organlarining:

  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega ekanligi;
  • bojxona nazoratini amalga oshirishda maxsus vosita sifatida xizmat itlaridan foydalanishi mumkinligi belgilandi.

Bojxona organlarida lavozimlar va ularga muvofiq maxsus unvonlar Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Qonunda bojxona organlariga qabul qilingan xodimlarning majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tishi kerakligi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring