Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona qo‘mitasi tamaki mahsulotlari kontrabandasiga qarshi kurash haqida ma’lumot berdi

Bojxona qo‘mitasi tamaki mahsulotlari kontrabandasiga qarshi kurash haqida ma’lumot berdi

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasida tamaki mahsulotlari kontrabandasiga qarshi qanday kurash olib borilayotgani haqida ma’lumot berildi.

Bir necha kun muqaddam Toshkent shahriga noqonuniy olib kirilgan qariyb 300 million so‘mlik 34 200 dona quti kontrabanda sigaretlar yo‘q qilindi. Jarayon Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari, ommaviy axborot vositalari va manfaatdor idoralar vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbirdan so‘ng brifing tashkil etilib, unda Davlat bojxona axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Xusan Tangriyev Bojxona xizmati tomonidan kontrabandaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.

– Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunchiligi buzilishining oldini olishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar muntazam ravishda ko‘rib borilmoqda. Masalan, Respublikamiz hududidan tranzit bo‘lib harakatlanayotgan yuk poyezdining vagonlaridan birida qariyb 11 milliard so‘mlik tamaki mahsulotlari topilgan.

Shuning uchun, yuk poyezdlarining vagonlari yoki Respublikamiz hududidan harakatlanib o‘tayotgan yuk avtotransport vositalari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni qayta ishlash orqali ushbu turdagi mahsulotlarning yurtimiz hududidan noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish mumkin. Bunday holatlar bojxonachilardan alohida e’tiborni talab etadi, ya’ni bu boradagi qonunchilik qonunbuzarliklarining oldini oladi.

Biz eng ko‘p tayanadigan yana bir jihat bor, bu – jamoatchilik nazorati. Davlat sektorida bunday huquqbuzarliklarga qarshi faol kurash olib boramiz, deb umid qilaman.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi faol kurash olib borilmoqda. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatadiki, birgina Bojxona qo‘mitasining sa’y-harakatlari yetarli ema.

Ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlarga qaramay, noqonuniy tovarlarni iste’mol qilish darajasi hamon yuqori darajada – 15 foiz bo‘lib qolmaoqda. Bu esa o‘z o‘rnida muammoni hal qilishda davlat hokimiyati va qonun-tartibotining barcha tizimlarini jalb qilish zarurligini ko‘rsatadi. Faqat sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirgan holdagina, biz O‘zbekistonda noqonuniy savdoni yengishimiz mumkin, – dedi Husan Tangriyev

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring