Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boeing yangi avlod F-47 qiruvchi samolyotini chiqarishga buyurtma oldi

Boeing yangi avlod F-47 qiruvchi samolyotini chiqarishga buyurtma oldi

Foto: El Economista

Boeing kompaniyasi AQShning yangi avlod F-47 qiruvchi samolyotini yaratish uchun buyurtma oldi. Shartnoma qiymati 20 mlrd AQSh dollariga baholanmoqda. 

Ko‘p milliard dollarlik shartnomani qo‘lga kiritish uchun kurashda Boeing raqobatchisi — Lockheed Martin Corp.ni ortda qoldirdi, deb yozdi Bloomberg.

Ushbu muhim shartnoma haqida Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp mudofaa vaziri Pit Hegset bilan birgalikda bayonot berdi.

Yangi qiruvchi samolyot Pentagonga 2030-yillarda yetkazib berilishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, F-22 Raptor o‘rnini egallovchi ushbu samolyot alohida dastur doirasida ishlab chiqariluvchi uchuvchisiz qurilmalar bilan tandemda ishlaydi.

Muhim yangilikdan so‘ng Boeing aksiyalari 5,7 foizga qimmatlashdi, Lockheed aksiyalari esa 4,3 foizga arzonlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring