Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobur G‘aniyevning apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmadi

Bobur G‘aniyevning apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmadi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Bobur G‘aniyev nomi bilan tanilgan bloger YPX xodimini haqorat qilgani uchun ushlanib, unga sud tomonidan jarima va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.

Toshkent shahar sudlari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, blogerning advokati tomonidan keltirilgan apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmagan.

«Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining 2021-yil 1-oktyabr kunidagi qaroriga nisbatan, B.G‘aniyevning advokati F.Tolibov tomonidan apellyasiya shikoyati keltirilgan. Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasi 2021-yil 6-oktyabr kuni B.G‘aniyevga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi.

B.G‘aniyevning advokati F.Tolibov tomonidan keltirilgan apellyasiya shikoyati qanoatlantirmasdan qoldirildi», deyiladi xabarda.

Qayd etish lozim, avtobloger Bobur G‘aniyevning ushlanishi va unga qo‘yilgan ayblovlar yuzasidan jamoatchilikda bir qator savollar yuzaga kelgandi, jumladan huquqshunoslarda ham.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring