Bobonov olimpiada chempionidan alamini oldi
Toshkent shahri dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
-90 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Davlat Bobonov yarim finalda gruziyalik Lasha Bekauriga qarshi kurash olib bordi.
Og‘ir kechgan bellashuvda Tokio olimpiadasi chempionini mag‘lub etgan hamyurtimiz JCh finalida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiadasida ushbu raqibidan mag‘lub bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter