BMT Malida 100 dan ortiq inson o‘limiga sabab bo‘lgan bosqinni keskin qoraladi
BMT Bosh kotibi Antoniu Gutteresh MALI markazida 100 dan ziyod begunoh fuqarolar o‘limiga sabab bo‘lgan bosqinni qoraladi.
Bosh kotib rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning ta’kidlashicha, Gutterish ushbu bosqinga nisbatan norozilik bildirib, malilik fuqarolar, xususan, ayollar va bolalarning o‘limiga olib kelgan xunrezlikni o‘ta mudhish jinoyat deb atagan.
Tanzaniyaning «ZanzibarLeo» nashri xabariga ko‘ra, Bosh kotib Mali hukumatidan mazkur bosqindan jarohatlanganlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatishni hamda ushbu jinoyat ortida turganlarga nisbatan chora qo‘llashni talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, qurolli bosqin shu haftada Mali markazida, Mopti viloyatining Sobanou-Kou qishlog‘ida ro‘y bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter