BMT agentligi Afg‘onistonga Termiz orqali yordam jo‘natdi
Bugun BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi Termiz shahridagi Yuk tashish markazidan Afg‘onistonga gumanitar yordam yuklangan yuk mashinalarini jo‘natdi.
Yuk tarkibida 40 tonna zaruriy buyumlar bor.
«Biz O‘zbekiston hukumati va Termizdagi mahalliy hamkorlarning doimiy qo‘llab-quvvatlayotganini qadrlaymiz, bu esa BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligiga eng zarur bo‘lganda insonparvarlik yordamini tez ko‘rsatish imkonini beradi», dedi agentlikning katta maslahatchisi Frank Remus.
Remusning aytishicha, hozirda millionlab afg‘onlar oziq-ovqat ta’minotidan mahrum bo‘lib, qahraton qishga o‘ta himoyasiz bo‘lgan bir paytda, mamlakatda insonlarning hayotini saqlab qolish va gumanitar inqirozning oldini olish uchun shoshilinch yordam zarur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter