Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir o‘zbekistonlik kuniga qariyb 86,5 gramm mol go‘shti iste’mol qiladi – statistika

Bir o‘zbekistonlik kuniga qariyb 86,5 gramm mol go‘shti iste’mol qiladi – statistika

O‘zbekistonning har bir fuqarosi yiliga o‘rtacha 31,6 kilogramm mol go‘shti iste’mol qiladi. Bu haqda BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga tayanib O‘zA xabar bermoqda.

Bu har bir O‘zbekiston fuqarosiga kuniga qariyb 86,5 gramm mol go‘shti to‘g‘ri keladi, deganidir.  

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston jahon reytingida oltinchi o‘rinni egalladi. Argentina, Zimbabve, AQSh, Avstraliya va Braziliya kabi davlatlar mamlakatdan oldinda joylashgan. Qo‘shni Qozog‘iston yetakchi o‘ntalikni yakunladi.  

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda 2,8 mln tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan.  

Go‘sht yetishtirish hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 3,9 foizga oshgan. Viloyatlar ichida Samarqand birinchi o‘rinni egallagan – 326 ming tonna.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring