Yil boshidan buyon 175,1 mln dollarlik meva-sabzavot eksport qilingan

2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston qiymati 175,1 mln AQSh dollarlik 193 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, meva va sabzavotlar eksporti qiymati 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,7 foizga ko‘payib, jami eksportdagi ulushi 3,8 foizni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2024-yilda 1,5 mlrd AQSh dollari qiymatidagi 2 mln tonna meva-sabzavot eksport qilgan.
Eng ko‘p meva-sabzavot eksport qilingan davlatlar, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter