Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Musayev Behzod Anvarovich Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

«Behzod Musayev mamlakatimiz Prezidentiga sodiq, keng dunyoqarashga ega, uzoqni ko‘zlovchi, tinmay izlanuvchan va oldiga hamisha strategik vazifalarni maqsad qilib kelgan yuqori malakali mutaxassisdir.

B.Musayev rahbarligida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilayotgan soliq tizimini liberallashtirish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, davlat soliq xizmati organlarini insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkoriga aylantirish yo‘lidagi islohotlar faollik bilan hayotga tatbiq qilinmoqda», deyiladi qo‘mita axborotida.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 11 may kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Musayev Behzod Anvarovich qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring