Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Batareya yaroqlimi-yo‘qmi? Aniqlashning eng oson usuli (video)

Batareya yaroqlimi-yo‘qmi? Aniqlashning eng oson usuli (video)

Foto: «Tz.de»

Uyimizda ko‘pincha batareyalar to‘planib qoladi, ba’zida yaroqlisi eskilariga qo‘shilib ketadi. Uni qanday ajratib olish mumkin? Sinalgan usullar: soat yoki pultga qo‘yib yoki tester yordamida aniqlash. Biroq bundan ham oson yo‘li bor.

Batareyalarni bir necha santimetr balandlikdan birma-bir tekis sirtga sekin tashlab ko‘ring. Ayrimlari tik turib qoladi, boshqalari ag‘darilib ketadi. Ana shu tik turib qolganlarining ichida quvvati bor, qolganlari esa bo‘shagan. Bunday holatga sabab shuki, batareyalarning ichida gelsimon massa bor. Quvvati tugagan batareyada bu massa qotib qoladi va balanddan tashlanganda sapchib ketib, yoniga dumalab ketadi. Xullas, «bo‘sh qop tik turmas» degan aqlli gap batareyalarga ham tegishli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring