Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektromobillarni xonadonda quvvatlash uchun tungi tarif joriy qilinadi

Elektromobillarni xonadonda quvvatlash uchun tungi tarif joriy qilinadi

Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi.

Shuningdek, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zaruriyati ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring