Eng ishonchsiz elektromobillar aniqlandi (top-5)

MG4 EV.
What Car avtomobillar portali ikkilamchi bozordagi eng ishonchsiz elektromobillar antireytingini tuzdi. Portal haydovchilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi.
Mashinalar 100 balli tizimda baholandi.
Ikkinchi qo‘ldan olingan elektromobillar orasida 2022-yildan buyon chiqarilayotgan MG4 EV eng ishonchsizi deb topildi. So‘rovda qatnashganlar uning ishonchlilik darajasini 63,8 foiz deya baholashdi, so‘roqqa tutilgan haydovchilarning 30 foizida bu mashina buzilib qolgan, shu bois natijadan ajablanmasa ham bo‘ladi.

Ikkinchi o‘rinda — Vauxhall Corsa Electric. Ishonchlilik reytingi 72,2 foizni tashkil etgan bu elektromobildagi nosozliklardan so‘rovda qatnashganlarning 25 foizi shikoyat qilishgan.
Uchinchi o‘rinda — Porsche Taycan. Ishonchlilik darajasi 76,2 foizga baholangan bu mashinani haydovchilarning 58 foizi turli texnik muammolarga duch kelishgan.

Eng ishonchsiz elektromobillar beshligiga, shuningdek, 2021-yilda chiqarilgan Hyundai Ioniq 5 hamda 2016-yilda chiqqan Hyundai Ioniq kiritilgan. Bu mashinalarining ishonchlilik darajasi tegishli tartibda 83,9 foiz va 84,5 foizni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter