Bahrom Ashrafxonov lavozimidan ozod qilindi
Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Bahrom Boxodirovich Ashrafxonov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bahrom Ashrafxonov ushbu lavozimga 2019-yil 1-fevralda tayinlangandi.
Bungacha u «O‘zbekneftgaz» raisligi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter