Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustaqillik bayrami munosabati bilan pensiya oldindan yuklab beriladi – Pensiya jamg‘armasi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan pensiya oldindan yuklab beriladi – Pensiya jamg‘armasi

Keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya va nafaqa oluvchilarni hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lov qaydnomalari avgust oyida shakllantiriladi hamda pensiya va nafaqa to‘lovlarini boshlash uchun yetarli mablag‘lar 2022-yil 1-sentyabrga qadar tijorat banklariga moliyalashtirib beriladi.

Pensiya jamg‘armasi tarqatayotgan ma’lumotga ko‘ra, pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 2022-yil 1-sentyabrga qadar ularning bank plastik kartalariga yuklab beriladi.

Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga joriy yilning 5-sentyabrdan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida to‘lovlar boshlanishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2021-yil 20-dekabrdagi Farmoni bilan O‘zbekiston davlat Mustaqilligining 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida joriy yilning 1-4-sentyabr kunlari dam olish kuni deb belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring