Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijga chiqib ketgan pensionerlarga pensiya to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi

Xorijga chiqib ketgan pensionerlarga pensiya to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijga chiqib ketgan pensionerlarning pensiyasi to‘xtatilishi, hatto uni yaqin qarindoshlari ishonchnoma orqali ham ololmasligi haqida ma’lumot tarqaldi.

Pensiya jamg‘armasining aniqlik kiritishicha, bunday hollarda pensioner O‘zbekistondan tashqariga chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekistonga qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi.

Ushbu tartib «Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi.

Fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng olinmay qolgan oylardagi pensiyasini 24 oyligini olish huquqiga ega.

Bunda pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring