Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya jamg‘armasi aholiga murojaat qildi

Pensiya jamg‘armasi aholiga murojaat qildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston hududida havo harorati keskin tushib, anomal sovuq ob-havo kuzatilmoqda. 

Shu sababli, Pensiya jamg‘armasi qariya va keksa yoshdagi fuqarolarni anomal sovuq ob-havo sharoitida uyda qolishlarini so‘rab murojaat qildi.

«Hurmatli fuqarolar !

Ob-havo sharoitlari yaxshilangandan so‘ng pensiya tayinlash uchun murojaat qilishni so‘rab qolamiz. Bunda, kechroq murojaat qilish Sizning pensiyaga bo‘lgan huquqingizga ta’sir qilmaydi, ya’ni pensiyalar pensiya yoshiga yetgan sanadan tayinlab beriladi.

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik suyunchi nafaqasi va fuqaronning vafoti munosabati bilan beriladigan dafn nafaqasi tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilmasdan, Xalq bankining istalgan filialiga borib, nafaqa puli olishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz», deyiladi jamg‘arma murojaatida.

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va modiy yordam tayinlangani yoki rad etilganligi sabablari to‘g‘risida fuqarolarning telefon raqamlariga SMS xabarlari yuborilgan.

Shuningdek, fuqarolar nafaqalarni rad etilishi sabablari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olishlari uchun ma’lumotlar mahalla fuqarolar yig‘inlariga yetkazildi. Bunda, fuqarolar bu ma’lumotlarni Pensiya jamg‘armasiga kelmasdan mahalla fuqarolar yig‘inlariga yoki Pensiya jamg‘armasining 11-40 «Ishonch telefoni»ga murojaat qilish orqali olishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring