Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAAda xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlik ushlandi

BAAda xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlik ushlandi

Birlashgan Arab Amirliklari xalqaro qidiruvda bo‘lgan firibgarlikda ayblanayotgan ikki nafar fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qildi.

Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari bilan xalqaro miqyosda Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish masalasi hal etildi.

O‘zaro axborot almashinuvi va hamkorlikdagi tezkor-qidiruv harakatlari natijasida hamda Xalqaro jinoiy politsiya Interpol tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligi vakillarining bevosita ko‘magida, Toshkent va Abu-Dabi shaharlari milliy markaziy byurolari o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirlar va avval ikki tomonlama uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga asosan katta miqyosdagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga e’lon qilingan jinoyatchilarni topshirish ishlari amalga oshirildi.

Shu tariqa, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Birlashgan Arab Amirliklari hududida aniqlangan jinoyatchilarning iziga tushishga muvaffaq bo‘lishdi.

BAA vakolatli organlarining ijobiy qarori natijasida qidiruvdagi ayol adolat taraqqiy topishi uchun Toshkentga yetkazilishi maqsadida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi, deyiladi Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring