BAAdagi vaziyat yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili bayonot berdi

Jahon chempionati saralashi doirasidagi o‘yinni tomosha qilish uchun BAAga borgan o‘zbekistonlik 100 dan ortiq muxlislar 7 soatdan beri kiritilmayotgani yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ahror Burxonov quyidagicha bayonot berdi:
BAAdagi turli aeroportlar orqali mamlakat hududiga kirib kelayotgan xorijliklarning, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolarining tekshiruvlari cho‘zilib ketayotgan holatlarni alohida monitoring qilib bormoqdamiz.
Ayni paytda fuqarolarimizning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Mamlakatimizning Abu-Dabi shahridagi elchixonasi hamda Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi BAAning tegishli tashkilotlari bilan ushbu masalada zudlik bilan muzokaralar o‘tkazdi va vaziyatni yaxshilash bo‘yicha doimiy aloqada bo‘lib turmoqda.
BAA tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda turli xalqaro tadbirlar munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirilgani sababli aeroportlarda tekshiruv vaqtlari cho‘zilib ketmoqda.
Hozirda fuqarolarimizni tezlik bilan tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan va natijada ular mamlakat hududiga kirib kelishni boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter