Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aziya-Invest Bank pul o‘tkazmalari tizimi bo‘yicha aksiya e’lon qildi

Aziya-Invest Bank pul o‘tkazmalari tizimi bo‘yicha aksiya e’lon qildi

Aziya-Invest Bank 25 yillik yubileyi munosabati bilan «AziyaEkspress» pul o‘tkazmalari tizimi bo‘yicha aksiyani yo‘lga qo‘ydi.

«AziyaEkspress» tizimi bo‘yicha pul o‘tkazmalarini amalga oshiring va 14 ta qimmatbaho sovg‘alardan birining sohibiga aylaning:

⦁ Rossiya-O‘zbekiston yo‘nalishida 2 ta chipta (borish-kelish);

⦁ 4 ta smartfon;

⦁ 4 ta planshet;

⦁ 4 ta simsiz quloqchin.

Aksiya shartlari:

⦁ «AziyaEkspress» tizimi bo‘yicha 100 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdordagi pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;

⦁ «AziyaEkspress» telegram kanali yoki instagramdagi (@asiaexpress.mt) sahifasiga a’zo bo‘lish;

Aksiya ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  1. Birinchi bosqich 2021 yilning 18 noyabridan 18 dekabriga qadar;

  2. Ikkinchi bosqich 2021 yilning 19 dekabridan 2022 yilning 18 yanvariga qadar.

    Birinchi bosqich g‘oliblari 2021 yilning 20 dekabr sanasida, ikkinchi bosqich g‘oliblari esa 2022 yilning 20 yanvar sanasida random tizimi orqali aniqlanadi.

    «AziyaEkspress» – «O‘zmilliybank» AJ ning Rossiya Federatsiyasidagi sho‘’ba korxonasi hisoblanmish Aziya-Invest Bank tomonidan 2006 yilda tashkil etilgan pul o‘tkazmalari tizimi hisoblanadi. «AziyaEkspress» pul o‘tkazmalari tizimi 2020 yildan boshlab ham Rossiya, ham O‘zbekistondagi ishtirokchi banklar sonini ko‘paytirmoqda – bular O‘zbekiston va Rossiyadagi ko‘p filialli davlat va hususiy banklar. «AziyaEkspress» pul o‘tkazmalari tizimining Rossiya Federatsiyasida 1400 ta, O‘zbeiston Respublikasida esa 1200 ta xizmat ko‘rsatish nuqtalari mavjud.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring