Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy xalqaro aviaqatnovlar tiklanmoqda
«Uzbekistan airways» AJ Dubay, Olmaota, Istanbul, Frankfurt, Bishkek yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy xalqaro aviaqatnovlarni tiklamoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Haftasiga bir marta:
4-sentyabrdan boshlab Dubayga juma kunlari;
10-sentyabrdan boshlab Frankfurtga payshanba kunlari;
11-sentyabrdan boshlab Olmaotaga juma kunlari;
14-sentyabrdan boshlab Bishkekka dushanba kunlari uchish mumkin.
Toshkent-Istanbul-Toshkent reyslari 4, 7, 11, 14, 16, 18, 21, 23, 24, 25, 28 va 30-sentyabr kunlari tashkil etiladi.
Ushbu mamlakatdan qaytayotgan fuqarolar so‘nggi 72 soatda, albatta, koronavirusga test topshirgan va test natijalari manfiy bo‘lishi kerak. Toshkentga qaytgach, 14 kun o‘zini o‘zi yakkalashga o‘tishlari talab etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter