Ayrim bog‘chalarga bolani 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi
«Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–87-son, 07.03.2022 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-apreldan:
Boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning:
- farzandlari davlat bog‘chalariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
- 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarga budjetdan subsidiyalar ajratiladi.
To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi.
Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o‘z huzurida bog‘cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi budjetdan qoplab beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter