Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobillarni ijaraga berish soddalashtirildi

Avtomobillarni ijaraga berish soddalashtirildi

Foto: Xabar.uz

Prezident tomonidan 9fevral kuni «Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-752-son qonun imzolandi.

Endilikda, avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi vositasida elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda, elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega buladi. Qo‘shimcha FKning 565-moddasiga kiritildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasining birinchi qismi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirildi.

Endilikda, SSP xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlaydi, bundan tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelgan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlari mustasno.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring