Avtomobil ijarasiga talab qaysi hududda yuqori ekanligi aytildi

2025 yilning yanvar-aprel oylarida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar hajmi 2,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu xizmat turining nisbatan yuqori ulushi Toshkent shahrida (umumiy hajmining 27,7 foizi) hamda Toshkent (14,2 foiz), Andijon (9,3 foiz), Samarqand (8,1 foiz), Qashqadaryo (7,5 foiz) va Farg‘ona (7,1 foiz) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter