Avtomobillarga qayerda qayrilib olish taqiqlanadi?
Avtomobillar yo‘lning qaysi qismida qayrilib olishi mumkin emasligi haqida «Huquqiy axborot» kanali xabar berib o‘tdi. Unga ko‘ra quyidagi joylarda transport vositasining qayrilib olishi taqiqlanadi:
— piyodalarning o‘tish joylarida;
— tunnellarda;
— ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno);
— temir yo‘l kesishmalarida;
— yo‘lning ko‘rinishi biror-bir yo‘nalishda 100 metrdan kam bo‘lgan joylarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter