Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda dovul qurbonlari soni ko‘paymoqda

AQShda dovul qurbonlari soni ko‘paymoqda

Foto: «Mir24.tv»

«Laura» dovuli AQShning Luiziana shtati sohillariga yetib borgani haqida avval xabar bergandik.

Amerikaning Luiziana va Texas shtatlarida «Laura» dovuli qurbonlari soni 16 tadan 25 taga ko‘paydi. Bu haqda «MIR 24» telekanali xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchilar tabiiy ofat paytida olgan jarohatlari natijasida shifoxonalarda hayotdan ko‘z yumishgan. Vafot etganlarning aksar qismi Luizianaga to‘g‘ri kelmoqda — 20 kishi.

Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha beshta toifadan to‘rtinchisi hisoblangan «Laura» dovuli 27-avgust kuni Luiziana va Texas sohillariga yetib kelgan. Dovul yetkazgan zarar «halokatli» deya baholanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring