AQShda bo‘ri-it gibridi egasiga fojia keltirdi
AQShda uy bo‘ri-iti bolani u bilan o‘ynamoqchi bo‘lib o‘ldirib qo‘ydi. Bo‘ri-it gibridi Alabama shtatidagi bir oilaning uy hayvoni bo‘lgan, deb xabar beradi New York Post.
«Uy hayvoni sifatida saqlangan bo‘ri-it yerda yotgan bolani tishlab, u bilan o‘ynay boshlagan. Afsuski, bu bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan», — deyiladi OAVda.
Ota-ona chaqaloqni qutqarishga harakat qilishgan, lekin kech qolishgan. Fojiadan so‘ng bo‘ri-it «uxlatilgan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter