Angliya klubi bosh murabbiyni iste’foga chiqardi
Angliyaning «Lids» klubi Marselo Belsa bosh murabbiylikdan ketganini o‘z saytida e’lon qildi.
Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida ushbu qarorga kelishgan.
Belsa «Lids»ni 2018-yilning iyunidan buyon boshqarayotgandi. U jamoani Chempionshipdan Premer-ligaga olib chiqqan.
Hozir «Lids» 23 ochko to‘plab APL turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Pastki ligaga tushib ketuvchi xavfli zonadan klubni atigi 2 ochko ajratib turibdi. Jamoa qatorasiga 4 o‘yinni umumiy 2:17 hisobida boy berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter