Android-smartfonlardan pul o‘g‘irlovchi virus paydo bo‘ldi
«ThreatFabric» axborot xavfsizligi kompaniyasi android-smartfonlar uchun xavfli Xenomorph virusini aniqladi.
Ushbu virus Fast Cleaner ilovasi ostida yashiringan. Xenomorph smartfonga joylashib olganidan so‘ng, boshqa ilovalarning oynalarini ochadi, SMS-xabarlarni o‘qiydi, umuman, foydalanuvchining xatti-harakatlarini kuzatuvga oladi. So‘ngra ma’lumotlar operatorga (xakerga) sizdirila boshlanadi, keyinchalik bular qora bozorda sotuvga qo‘yilishi mumkin.
Biroq bu virusning eng xavfli jihati — foydalanuvchining shaxsiy kabinetini buzib kirib, noqonuniy tranzaksiyalarni amalga oshirishi, ya’ni shaxsiy hisobdagi pullarni o‘zlashtirishidir.
Xenomorph shu paytgacha 50 mingdan ortiq qurilmani zararlashga ulgurgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter