Andijondagi tug‘ruqxonada yosh ona o‘zini osdi. Fojia sabablari o‘rganilmoqda
O‘tgan tunda Andijon viloyati perinatal markazi yer to‘lasida 21 yoshli ayol o‘zini o‘zi osgan holatda topildi. Marhuma besh kun avval markazning akusherlik bo‘limida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan edi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O.A. (1999-yilda tug‘ilgan) bir yil avval turmushga chiqqan. Tabiatan og‘ir-bosiq, kamgap, oila a’zolari bilan munosabatlari yaxshi bo‘lgani aytiladi.
Shu yilning 2-iyun kuni kechga yaqin ayol «homilani dumba bilan kelishi» tashxisi bilan markazning 2-akusherlik tug‘ruq bo‘limiga qabul qilingan va kesarcha kesish yo‘li bilan tirik chaqaloq (o‘g‘il) dunyoga keltiradi. Shundan so‘ng u 1 sutka davomida markazning jonlantirish bo‘limining intensiv palatasida saqlangach, chilla bo‘limiga ko‘chiriladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shifokorlar tomonidan unga nisbatan shafqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi holatlar aniqlanmagan. Biroq oxirgi vaqtlarda marhuma ruhiyatida o‘zgarishlar kuzatilganligi aytilmoqda.
O.A. 2020-yilning 7-iyun kuni yuvinib, taranib, kiyimlarini almashtirib, o‘z joniga qasd qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, komission sud-tibbiy ekspertizalari tayinlandi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter