Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi mayning ferma budjetga 2,4 mlrd so‘mlik zarar keltirgan

Andijondagi mayning ferma budjetga 2,4 mlrd so‘mlik zarar keltirgan

Andijon viloyatida 2,4 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi.

Mazkur holat Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida щtkazgan navbatdagi tungi reyd tadbirida aniqlangan.

Tadbirda «E.» MChJga tegishli ishlab chiqarish sexida 33 dona mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan holda, noqonuniy foydalanib kelinayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu MChJ tomonidan tizimga yetkazilgan zarar miqdori 2,4 mlrd so‘m deb topildi.

Ayni paytda qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring