Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda o‘smirlar janjali pichoqbozlikka aylandi

Andijonda o‘smirlar janjali pichoqbozlikka aylandi

2020 yilning 6 mart kuni, soat 18:00 da Andijon shahar Tiklanish ko‘chasida 17 yoshli Sh.A. va 19 yoshli I.Q.,lar o‘zaro tortishib, janjallashib qoldi. Janjal vaqtida Sh.A. yonida bo‘lgan pichoq bilan I.Q.ning biqin qismiga urib jarohat yetkazgan. Natijada I.Q. kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davomida pichoq o‘rnatilgan tartibda olingan, Sh.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida, farzandlaringiz yonida sovuq qurol olib yurgan yoki yurmaganligini tekshirib nazorat qilib turishingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring