Andijonda mashinist yordamchisi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Andijon viloyati Asaka tumanidagi «Axtachi» temir yo‘l bekatida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, «UZ24» xabar berdi.
Shu yilning 27-sentyabr kuni soat 01:15da «Qo‘qon» lokomativ deposi Andijon filiali mashinist yordamchisi Bahromov Dostonbek teplovoz tepasidagi suvni ko‘rish maqsadida uning ustiga chiqadi.
Dostonbek ehtiyotsizlik tufayli yuqori kuchlanishli elektr simiga tegib ketib, tok urishi natijasida voqea joyida vafot etadi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter