Andijonda jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi (video)

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida «Neksiya» rusumli ikki avtomobil to‘qnashuvi oqibatida jiddiy YTH sodir bo‘ldi.
«O‘zbekiston24» telekanali xabariga ko‘ra, ushbu hodisaga tezlikni me’yoridan oshirish va haydovchilar o‘rtasida murosasizlik ro‘y bergani sabab bo‘lgan. Natijada ikki avtoulovga ham jiddiy shikast yetgan. Tasvirda ko‘rinadiki, mashinalarning biri yo‘l chetidagi to‘siqdan oshib o‘tib, anhorga tushib ketishiga bir bahya qolgan.
Haydovchilarga jiddiy shikast yetmagan, ularning biri shifoxonaga joylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter