Andijonda Hindiston fuqarosining yongan jasadi topildi
Andijon shahrida noma’lum odamni yongan jasadi topilganligi xususidagi xabar tarqalgan.
Aniqlanishicha, 9 may kuni Hindistondan O‘zbekistonga kelgan fuqaro (1986 yilda tug‘ilgan erkak) Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan 2002 yilda Hindistonda tug‘ilgan talaba qizni oldiga kelib, unga turmush qurish istagida kelganligini bildirgan va institut yaqinidagi mehmonxonada yashab kelgan.
Qizdan rad javobini olganidan so‘ng uning ruhiyatida o‘zgarish bo‘lib, hindistonlik boshqa talabalarga endi hayotning qizig‘i yo‘qligi, o‘z joniga qasd qilishi haqida aytib kelgan va istirohat bog‘i hududiga kiruvchi adirlikda noma’lum suyuqliq yordamida o‘zini yoqib, voqea joyida vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, marhumning tanasi va ichki a’zolarida biror bir ko‘rinishdagi tan jarohatlari aniqlanmagan.
Hozirda sud-tibbiy, sud-kimyoviy va sud-biologik ekspertizalari tayinlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter