Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda haydovchi YPX xodimini urib, burnini sindirdi

Andijonda haydovchi YPX xodimini urib, burnini sindirdi

Andijon viloyatida jarima maydonchasiga olib borilgan avtomobil haydovchisi YPX xodimiga qo‘l ko‘tarib, uni burnini sindirdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 12 iyul kuni sodir bo‘lgan. Inspektor hujjatlarni tekshirish uchun «Labo» rusumli avtomashinani to‘xtatadi. Ayrim hujjatlar to‘liq bo‘lmagani uchun avtomobil jarima maydonchasiga olib boriladi.

Jarima maydonchasida haydovchi va YPX xodimi o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqadi. Shunda fuqaro inspektorning yuziga musht urgan.

Dastlabki sud-tibbiy xulosasiga ko‘ra, xodimning burni singan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqarolik burchini bajaruvchi shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring