Andijonda ehtiyojmandlarga ajratilgan subsidiya pullari talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «X.b.» ishlab chiqarish kooperativi rahbari va Jalaquduq tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul shaxslari oldindan til biriktirib, tumandagi 50 nafar kam ta’minlangan va ishsiz fuqarolar nomiga subsidiya mablag‘larini ajratish orqali «X.b.» kooperativiga 111,5 mln so‘m o‘tkazishib, amalda fuqarolarga hech qanday mahsulot yetkazmasdan yoki xizmat ko‘rsatmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter