Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Usta dehqonlarga subsidiya va grantlar ajratish tartibi belgilandi

Usta dehqonlarga subsidiya va grantlar ajratish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda usta dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya va grantlar ajratish tartibi belgilab berildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

2025-yil 13-mayda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan dehqon va tomorqa egalari faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy yordam ajratish tartibini belgilaydigan nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Dehqon va tomorqa egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi moliyaviy yordamlar taqdim etiladi:

Har yili 500 ta mahallada amalga oshirilgan eng namunaviy va innovatsion loyihalar uchun – BHMning 100 baravarigacha miqdorda grantlar;

Qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etgan usta dehqonlarga – har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha subsidiya;

Mahalladagi xonadonlarning kamida 50 foizi tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni tashkil etgan usta dehqonlarga – 100 million so‘mgacha subsidiya.

Subsidiya oluvchi usta dehqonlar «mahalla yettiligi» tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga asosan aniqlanadi. Vakolatli vazirlik 10 ish kunida takliflarni ko‘rib chiqadi va talablarga mos nomzodlarni saralab oladi. Keyin, hududiy mehnat organlari bir ish kuni ichida subsidiya mablag‘larini «Onlayn mahalla» platformasi orqali usta dehqonlarning bank kartalariga o‘tkazib beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring