Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda dekan o‘rinbosari sheriklari bilan ushlandi

Andijonda dekan o‘rinbosari sheriklari bilan ushlandi

OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD hududiy boshqarmasi va viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahrida yashovchi, 1996 y.t. shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, uni Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 19 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, mazkur fuqaro ushbu pul mablag‘idan 16 ming AQSh dollarini Andijon davlat tibbiyot institutida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlovchi shaxsga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, so‘ralgan pulni olgan vaqtida u ham ushlandi.

Shuningdek, mazkur noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan ushbu oliy o‘quv yurtining o‘qituvchisi ham ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring