Buxoroda talabani do‘pposlagan dekan o‘rinbosari ishdan olindi
Universitet dekani o‘rinbosari davolash fakulteti talabasi B.Q.ni do‘pposlagan va unga tan jarohati yetkazgan.
Andijonda dekan o‘rinbosari sheriklari bilan ushlandi
OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi.
«Zamdekanning ishi» sudga oshirildi
O‘tgan yilning oktyabr oyi oxirida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan o‘rinbosari shu oliy o‘quv yurti talabasini zo‘rlashda gumonlanib hibsga olingandi.
«Zamdekan mashmashasi» jabrlanuvchisi tafsilotlarni gapirib berdi
Toshkentdagi «Kongress-xoll»da bo‘lib o‘tayotgan Ayollar forumida «Zamdekan mashmashasi» jabrlanuvchisi Mushtariybonu Kamilova chiqish qilgan va o‘z boshidan o‘tkazgan voqealarni so‘zlab bergan.
IIBB: Talabani zo‘rlamoqchi bo‘lgan dekan o‘rinbosari qamoqqa olindi
Avvalroq Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 3-kurs talabasini dekan o‘rinbosari o‘z xonasida zo‘rlashga uringani, so‘ng qarshilik ko‘rsatgani uchun derazadan itarib yuborgani haqida xabar berilgandi.
SamDU dekani o‘rinbosari IIB va DXX xodimlari tomonidan ushlandi
Samarqand viloyati IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda 2021 yilning 30 mart kuni soat 16:00da Samarqand shahar Pedagogika kolleji binosining kirish qismida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Dotsent, shifokor, dekan o‘rinbosari... DXX «hojatbaror»larga qarshi «ov» boshladi
Samarqand viloyat DXX boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti fuqaroni ushbu OTMga o‘qishga olib kirishni va’da qilib, 10 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Talabadan 600 ming so‘m olgan dekan o‘rinbosari qo‘lga tushdi
Toshkent davlat agrar universiteti dekan o‘rinbosari X.A. universitetning 2-bosqich talabasi A.dan uni yakuniy imtihonlarga kirishiga ruxsat berish evaziga 600 ming so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.