Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 1 mln dollarlik GES qurilyapti

Andijonda 1 mln dollarlik GES qurilyapti

Aholining elektr energiya ta’minotini yaxshilash va barqarorlashtirish maqsadida Ulug‘nor tumanida yana bir GES qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu loyiha qiymati 1 million dollarni tashkil etib, 500 dan ziyod xonadonlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.

Mazkur loyihalar Prezidentning «2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring