Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Andijon-Termiz-Andijon» yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

«Andijon-Termiz-Andijon» yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yurtdoshlarimizga mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohat qilishlari hamda ularga yanada ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2021-yil 22-avgustdan boshlab «Andijon-Termiz-Andijon» yo‘nalishida 660/659-sonli yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Haftaning yakshanba kunlari soat 14:34 da Andijondan harakatini amalga oshiradigan 660-sonli yo‘lovchi poyezdi Marg‘ilon, Qo‘qon, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi kabi yirik shaharlardan o‘tib, Termiz shahriga yetib boradi.

Shuningdek, 659-sonli yo‘lovchi poyezdi 23-avgustdan boshlab har haftaning dushanba kunlari soat 15:25 da Termiz temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi. 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring