Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

G‘afurjon Abdurahmonov Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Andijon shahri hokimi etib tayinlangan. Tayinlovga qadar u «Qishloq qurilish bank» boshqaruv raisining maslahatchisi bo‘lgan.

Shaharning sobiq hokimi Bahrom Haydarov katta miqdorda pul o‘zlashtirishda ayblangan, keyinroq protsessual tartibda ushlangan va qamoqqa olingan edi. Ammo qamoqqa olingan kunlari ham bir necha muhim hujjatlarga imzo qo‘ygani Xabar.uz e’tiborini tortgandi.

Adliya vazirligi elektron shaxsiy kabineti orqali hokimiyat vakili hokim nomidan imzo qo‘ygani va shaxsiy kabinet bloklanganini bildirgan. Ushbu holatni Bosh prokuratura o‘rganmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring