Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amaldor ayol Misr ko‘chalariga eri va qaynotasining nomini berdi va bundan qattiq pushaymon bo‘ldi

Amaldor ayol Misr ko‘chalariga eri va qaynotasining nomini berdi va bundan qattiq pushaymon bo‘ldi

Foto: «CC BY-SA 2.5 / michael hoefner»

Misr shimolidagi Qalyubiya muhofazasi gubernatori Kafr-Shukr shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ini bir necha ko‘chalarga eri va qarindoshlarining nomini berganligi uchun ishdan bo‘shatdi, deya xabar bermoqda «el-Watan» gazetasi.

«Yangi shahar bosh rejasida bir qancha ko‘chalarning nomlari uning eri va qarindoshlari sharafiga o‘zgartirilganligi to‘g‘risida ko‘plab shikoyatlar kelib tushgandan so‘ng Kafr-Shukr shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ini lavozimidan ozod etishga qaror qilindi», — dedi gubernator Abdulhamid Xadjon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gazetada Mona M. deb ko‘rsatilgan amaldorning xatti-harakatlari qonunni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Negaki, ko‘chalarga nom berish to‘g‘risida qaror mahalliy xalq kengashi yoki maxsus qo‘mita tomonidan qabul qilinadi. Oxirgi paytlarda Misrdagi ko‘chalar terrorchilarga qarshi kurashda halok bo‘lgan harbiylar va politsiyachilar yoki jamoat arboblari sharafiga atalmoqda.

Ko‘chalarni eri, ukalari va qaynotasi sharafiga nomlagan amaldorning o‘zi ayblovlarni rad etib, shahar aholisi undan qasos olishga va shu tariqa mashhur bo‘lishga urinayotganini iddao qilmoqda. Gap Sami Gamal ismli kishi haqida bormoqda. U «ko‘chalarning nomlanishi bilan bog‘liq inqirozdan» so‘ng Kafr-Shukr shahrini «Sami Gamal shahri» deb o‘zgartirishni taklif qilgan. Fuqaroning aytishicha, shu tarzda noroziligini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring