Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Aloqabank», «Сosa-Сola Ichimligi» va yana 27 xo‘jalik jamiyatining davlat aksiyalari sotiladi

«Aloqabank», «Сosa-Сola Ichimligi» va yana 27 xo‘jalik jamiyatining davlat aksiyalari sotiladi

Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–4300, 29.04.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish yo‘llari belgilanadi.

Kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik, bank-sug‘urta sohasidagi davlat aksiyalari, xususan, 29 ta xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalari investorlarga sotiladi.

«Aloqabank» AJ, «Qizilqumsement» AJ, «Сosa-Сola Ichimligi» qo‘shma korxonasidagi davlat aksiyalari shular jumlasidandir.

«Road Show» dasturlari ishlab chiqiladi.

Xalqaro biznes arenada O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surish bo‘yicha «Invest in Uzbekistan» axborot kampaniyasi yaratiladi.

Shuningdek, 6 mlrd 131 mln dollarlik xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining ro‘yxati tasdiqlandi.

2019 yilda O‘zbekiston vakillari 9 ta xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlarda ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring