Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Allaqachon koronavirusni «yengib bo‘lgan» Tanzaniya prezidenti kasalliklarni davolash bo‘yicha o‘z taklifini aytdi

Allaqachon koronavirusni «yengib bo‘lgan» Tanzaniya prezidenti kasalliklarni davolash bo‘yicha o‘z taklifini aytdi

Foto: «Whotrades.com»

Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli odamlarni kasalliklarni davolash maqsadida uch kun ibodat qilishga chaqirdi. Bu haqda East Africa Radio efiriga asoslanib TASS xabar berdi.

«Kasalliklar bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi. Ko‘krak qafasi va nafas yo‘llari kasalliklari bu yerda boshlanmagan. Tanzaniyaliklardan yana bir bor ana shunday vaziyatda ibodat qilishni davom ettirishlarini so‘rayman. Kelinglar bugun musulmon birodarlarimiz bilan birga boshlaymiz, ertaga adventistlar davom ettirishadi, yakshanba kuni xristianlar ibodat qilishadi. Uch kunlik ibodat bilan ro‘za va biz g‘alaba qozonishimizga ishonchim komil», — dedi Magufuli.

TASS ta’kidlashicha, mamlakat rahbari bevosita COVID-19 pandemiyasi to‘g‘risida gap ochmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat allaqachon kasallikni «yengib bo‘lgan» va izolyasiya tartibini ham joriy etmadi, ayni paytda koronavirus fonida iqtisodiy vaziyat yaxshilangani aytilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Tanzaniya 2020-yil may oyidan beri koronavirusdan kasallanish yoki o‘lim holati haqida xabar bermagan. Mamlakatda jami 509 ta kasallanish va 21 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring