Alisher Xo‘jayevning o‘rinbosari o‘zgardi
![Alisher Xo‘jayevning o‘rinbosari o‘zgardi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2533344809.jpg)
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Abdumannob Abdug‘affor o‘g‘li Yo‘ldoshev O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan Sherali Ilxomovich Musurmonov ushbu lavozimdan ozod qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini bir necha yillardan buyon Alisher Xo‘jayev boshqarib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter