Alisher Sultonov yana bir lavozimga saylandi
O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining navbatdan tashqari onlayn hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala federatsiya raisi Ahmedov Xudoyor Mamajonovichning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan bo‘shash to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish, X.Ahmedov o‘rniga yangi rahbar va unga o‘rinbosarlar saylash, Ijroqo‘m tarkibini qayta ko‘rib chiqish bo‘ldi.
Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan X.Ahmedovning arizasini qabul qilishdi.
Shundan so‘ng federatsiya raisligiga O‘zbekiston energetika vaziri Sultonov Alisher Saidabbosovich nomzodi qo‘yildi. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan A.Sultonov nomzodini qabul qilishdi va u O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter